Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Xabarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida 2017 yil 25 oktyabrda imzolangan 1996 yil 8 maydagi Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo`l qo`ymaslik to`g`risidagi hukumatlararo Bitimga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi Bayonnoma 2020 yil 9 iyuldan e`tiboran kuchga kirgan.
Hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari o`rtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda, shuningdek, Bitim soliqlarni undirishda ko`maklashishga oid yangi norma bilan to`ldirilgan.