1

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga etsa, sog`liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushadi?

Jamiyat 13.07.2020, 13:04
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga etsa, sog`liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushadi?

AOKA huzuridagi shtabda tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda u muhim savollarga javob berdi.

"O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga etsa, sog`liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi? Imkoniyatlarimiz qancha kasallarga xizmat ko`rsatishga etadi?"

– Bu borada dunyo hamjamiyatidagi statistik ma`lumotlarga e`tibor qaratish kerak. Janubiy Koreyani olamizmi, Xitoyni olamizmi, bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashayotgan davlatlarning tajribasini o`rganganimizda, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar mutaxassislar bergan takliflarga asoslangan. Xususan, bizda ham shunday. Taklif-tavsiyalarni davlat komissiyasi har tomonlama o`rganadi. Barcha ishlarimiz komissiya tomonidan qabul qilingan protokollar ijrosi doirasida amalga oshirilyapti. Hozir biz bir necha asosiy yo`nalishlarda olib borayotgan ishlarimiz keyingi bosqichdagi holatlarning oldini olishga qaratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1