Toshkentlik 25 yoshli B.G`., tanishi 35 yoshli S.X., ning ishonchiga kirib, unga 5.000 AQSh dollari evaziga AQSh davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni va`da qiladi. Undan 2.700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va`dasini bajarmasdan, pullarni o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Shuningdek, B.G`. jinoiy harakatlarini davom ettirib, xuddi shunday va`da bilan 26 yoshli B.A.,ni ham aldab 2.050 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, o`z ehtiyojlariga sarflab yuboradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qilmoqda.
Holat yuzasidan Shayxontohur tumani 6-sonli IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida B.G`. tomonidan etkazilgan moddiy zarar jami 44.950.707 so`mni tashkil qilganligi aniqlangan, shundan tergov jarayonida 946.300 so`m qoplangan bo`lib, B.G`. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha ayblov xulosasi tuzilib, tegishliligi bo`yicha sudlovga oshirish masalasini ko`rib chiqish uchun Shayxontohur tumani prokuraturasiga yuborilgan.