AsosiyJAMIYAT

Toshkentda 65 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

SSVning xabar berishicha Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli S.Q.da jori...

'Toshkentda 65 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

SSVning xabar berishicha Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli S.Q.da joriy yil 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o`tkir nafas etishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik nafas va o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi bilan kechgan.  

U, shuningdek, qandli diabet, gipertoniya va jigar sirrozi kasalliklari bilan ham og`rib kelgan. Shifoxonada bemorning davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.

 

    Boshqa yangiliklar