1

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi rasman qayd etilgan holatlar 14085 (+92) tani tashkil qilmoqda

Jamiyat 15.07.2020, 00:03
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi rasman qayd etilgan holatlar 14085 (+92) tani tashkil qilmoqda

Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra 2020 yil 14 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14085 (+92) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Toshkent shahrida, 32 nafar Samarqand viloyatida hamda 27 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8327 (+297) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foizi) sog`aydi.  

Hozirda mamlakatimizda 5691 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1