1

Bugun jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Yana 6 bemorning ahvoli o`ta og`ir

Jamiyat 15.07.2020, 00:17
Bugun jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Yana 6 bemorning ahvoli o`ta og`ir

Shu yilning 14 iyul kuni mamlakatimizda 494 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 303 nafari karantin muassasalarida, 191 nafari aholi orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 297 nafar fuqaro sog`aydi.  

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14085 nafar bemordan 8327 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5691 nafar bemordan 52 nafari og`ir, 6 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 55 657 nafar, stasionar karantinda esa 22 585 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1