1

SOVID-19 bilan kasallanish xavfi kam bo`lgan insonlar ma`lum qilindi

Jamiyat 15.07.2020, 08:40
SOVID-19 bilan kasallanish xavfi kam bo`lgan insonlar ma`lum qilindi

Immunolog shifokor Nikolay Kryuchkov koronavirusni yuqtirish xavfi past va nol bo`lgan kishilarning toifalarini sanab o`tdi. Uning so`zlariga ko`ra, birinchi navbatda, kuchli tug`ma immunitetga ega bo`lgan kishilar kiradi. Mutaxassisning «Komsomolskaya pravda«ga bergan intervyusida tushuntirishicha, — » Immuniteti baquvvat odamlarda virusning kichik «doza»si yuqori nafas yo`llari darajasida ishlab ketib infeksiyaning tanaga kirib borishiga yo`l qo`ymaydi».

Ikkinchi toifadagi kishilar bular mavsumiy koronavirus bilan kasallanganlar hisoblanadi.

Qoida bo`yicha ularning tanasida kuchli antijismlar yoki kasal yuqmaydigan T-hujayra xotirasi saqlanib qolgan bo`ladi, qaysiki ular, o`z navbatida, «o`ziga xos kasal yuqmaydigan reaksiya»ni faollashtiradi, dedi Kryuchkov.

Koronavirus bilan kasallanish xavfi tanasi butunlay kuchli bo`lgan, trombozga moyil bo`lmagan kishilarda ham kam bo`ladi, dedi shifokor. Bunday odamlarda infeksiyadan zararlanish holati bo`lsa ham deyarli kasallik sezilmay o`tadi.

«Kimdir sezmasligi ham, e`tibor bermasligi ham mumkin. Masalan, u ikki kungina yo`taldi xolos, hammasi shu bilan tamom. Shu bilan tanada infeksiya bo`lgan va o`ziga xos immunitet esa qoladi», — deya xulosa qildi immunolog.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1