1

Respublika bo`ylab "Ergoferon" dori vositasining sotilishi bo`yicha tekshiruv olib borilmoqda

Jamiyat 15.07.2020, 12:25
Respublika bo`ylab "Ergoferon"  dori vositasining sotilishi bo`yicha tekshiruv olib borilmoqda

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan "Ergoferon"  dori vositasining sotilishi bo`yicha tekshiruv olib borildi. Buxoro viloyati holatiga ko`ra:

Mazkur "preparat "  Buxoro shahrida so`ngi marotaba 9 iyul` kuni 40 ming so`mdan 55 minggacha sotilgan.  Buxoro tuman, Kogon shahri,  Jondor va Peshko` viloyatlarida so`ngi marta 13 iyul` kuni 45 dan 48 mingacha haridi amalga oshirilgan. G`ijduvon,  Shofirkon,  Romigan tumanlarida o`rtacha 42 mingdan 50 ming so`mgacha  sotilgan.  Viloyatning Olot,  Qorako`l tumani aholisi uchun mazkur dori so`ngi marotaba 10 iyul` kuni 44 mingdan 48 mingacha sotilgan.  Eslatib o`tamiz, bugungi kunda virusga qarshi samarali vosita hisoblangan  "Ergoferon"  dorisi Buxoro viloyati hududlaridagi dorixonalarining birortasida qolmagan. O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi yana boshqa viloyatlar kesimida vaziyatni o`rganishda davom etadi.  

                                                                                                                             O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi  Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1