AsosiyJamiyat

18-19 iyul kunlari O`zbekiston bo`ylab mashinalar harakati butunlay to`xtatiladi, faqat...

'18-19 iyul kunlari O`zbekiston bo`ylab mashinalar harakati butunlay to`xtatiladi, faqat...'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo`nalishsiz taksilarning harakati to`liq to`xtatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir video tarqaldi, unda ichki ishlar organlari xodimi shanba va yakshanba kunlari harakat butunlay to`xtatilishi, faqat tez tibbiy yordam mashinasigagina yurishga ruxsat berilishi, shu sababli 2 kunga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini g`amlab qo`yishni tavsiya qilgan.

Shu videodan so`ng ko`pchilik “shanba va yakshanba kuni faqat tez yordam yura oladimi xolosmi, boshqa mashinalarga ruxsat yo`qmi”, deya so`ramoqda.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:  

1) maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor mashinalar;

2) maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yurish huquqiga ega bo`lgan avtomashnalar. Ularning to`liq ro`yxati mana bu erda:

Eslatib o`tamiz, 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:  

• aholiga – “o`zini o`zi yakkalash” hayot tarziga qat`iy rioya etgan holda o`z uylarida qolish;

• davlat organlari va muassasalari, xo`jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.

 

    Boshqa yangiliklar