Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2020 yil 18 iyul soat 18:00 holatiga respublika bo`yicha qancha abiturient ro`yxatdan o`tganini, ularning hududlar kesimidagi raqamlarini hamda eng ko`p abiturient qasi OTMga hujjat topshirganini ma`lum qildi.
Respublikamizda jami 1 262 551 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 498 377 nafar) abiturient ro`yxatdan o`tgan. Shundan, kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha abiturientlar – 706 657 nafarni; sirtqi – 527 003 nafarni va kechki – 28 891 nafarni tashkil etmoqda.
Hududlar miqyosida:
Toshkent shahri – 342 246 nafar;
Samarqand viloyati – 119 115 nafar;
Farg`ona viloyati – 97 726 nafar;
Andijon viloyati – 93 385 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 83 673 nafar;
Surxondaryo viloyati – 77 310 nafar;
Qoraqalpog`iston Respublikasi – 70 786 nafar;
Namangan viloyati – 67 395 nafar;
Toshkent viloyati – 66 664 nafar;
Jizzax viloyati – 60 922 nafar;
Buxoro viloyati – 55 730 nafar;
Xorazm viloyati – 50 665 nafar;
Navoiy viloyati – 40 294 nafar;
Sirdaryo viloyati – 34 098 nafar.
Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan OTMlar:
Samarqand davlat universiteti – 64 723 nafar;
Andijon davlat universiteti – 50 818 nafar;
Qarshi davlat universiteti – 49 541 nafar;
Namangan davlat universiteti – 44 791 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti – 44 505 nafar.
Eslatib o`tamiz, abiturientlarni ro`yxatdan o`tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.






