AsosiyJamiyat

Toshkentda ertadan uyda davolanayotganlar uchun bepul dori-darmonlar tarqatila boshlaydi

'Toshkentda ertadan uyda davolanayotganlar uchun bepul dori-darmonlar tarqatila boshlaydi'ning rasmi

Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida SSV huzuridagi Muvofiqlashtirish kengashi raisi Habibullo Oqilov ma`lum qildi. U O`zA muxbirining «Gidroksixloroxin» dori preparati haqidagi savoliga javob berar ekan, jumladan shunday dedi:

– Siz aytayotgan «Gidroksixloroxin» dori preparatini stasionar sharoitda davolanayotgan bemorlarda foydalanyapmiz – dedi H.Oqilov. - Ammo uy sharoitida davolanayotgan simptomsiz bemorlar protokolidan olib tashlandi. To`g`ri, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga bepul etkazib berilayotgan dori-darmonlar qutichasida «Gidroksixloroxin» dori preparati bor edi. Endilikda uning o`rniga «Avigan» qo`shildi va 5 ming dona dori-darmon qutichasi tayyorlandi. Ular ertadan boshlab Toshkent shahri aholisi uchun tarqatila boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar