Jizzax avtomobil zavodi Toshkent shahar tibbiyot muassasalariga “Volkswagen Caddy” bazasida tez yordam avtomobillarini etkazib berishni boshlaydi. Bu haqda “O`zavtosanoat” AJ axborot xizmati ma`lum qildi.
Avtomobilni jihozlash bilan Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridan iborat “Turin Invest Engineering” mahaliy kompaniyasi shug`ullanmoqda. Kompaniya muhandislik ishlanmalari (loyihalashtirishdan to foydalanishga topshirishgacha)ga ixtisoslashadi. Kompaniya tasarrufida mexatronika, metrologiya laboratoriyalari va ilg`or texnologik jihozlar mavjud.
Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham Isuzu D-Max pikapi bazasidagi 27 ta tez yordam mashinasi shahar sog`liqni saqlash boshqarmasiga topshirilgan. UzAuto Motors esa poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga ko`ra Chevrolet Damas atvomobili bazasida tayyorlangan 250 dona tez yordam avtomobili partiyasini jo`natgan.






