Bugun Telegramda bir ovozli xabar rosa tarqaldi. Unda aytilishicha, tibbiy niqob ko`p taqib yurilishi natijasida odamlarning o`pkasi qurib qolyapti va pnevmoniya shu sababli kelib chiqmoqda. Shu sababli ovozli xabarni yuborgan akamiz hammaga niqob taqmaslikni maslahat bergan.
Ushbu masalaga bugun «Tez yordam» ko`rsatuvida immunolog-infesionist Aziza Xo`jaeva munosabat bildirdi va bu gaplar ilmiy jihatdan mutlaqo asossiz ekanligini tushintirdi.
O`zimdan qo`shimcha: Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va boshqa etuk xalqaro ilmiy muassasalar tibbiy niqob taqib yurish koronavirusni yuqtirish ehtimolini 70-90%ga kamaytirishi haqida allaqachon bong urishmoqda va butun dunyo aholisini niqob taqishga targ`ib qilishyapti. Agar buning zarari bo`lganda ular hech qachon bunday maslahat berishmagan bo`lardi. O`shanchun mish-mishlarga ishonib qolmang - albatta niqob taqing!






