Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha Surxondaryoda yana bir bemor koronavirus oqibatida hayotdan ko`z yumgan.
Termiz shahrida yashagan 40 yoshli T.X. (erkak)da 12 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor gipertoniya hamroh kasalligi bilan ham og`rigan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, terminal o`pka shishidan vafot etgan.






