AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz” Toshkentda yangi dizayn va qo`shimcha xizmatlar ko`rsatuvchi AYoQSni ishga tushirdi

'“O`zbekneftgaz” Toshkentda yangi dizayn va qo`shimcha xizmatlar ko`rsatuvchi AYoQSni ishga tushirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “O`zbekneftgaz” AJ faolitini yaxshilash, aholiga neft va gaz sohasida qulayliklar yaratish bo`yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Joriy yilning 16 iyul kuni davlatimiz rahbariga, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev tomonidan 2020 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo`yicha hisobot berildi.

Aholiga qulaylik yaratish, iste`molchilar uchun zamon talablariga mos xizmat ko`rsatish va berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ tizimidagi avtomobillarga yoqilg`i qo`yish stansiyalari (AYoQS) faoliyati tubdan o`zgartirildi.
Aholini neft mahsulotlari bilan ta`minlashni takomillashtirish, xizmat ko`rsatish turi va sifatini oshirish, iste`molchilarga boshqa qulayliklar yaratish maqsadida, Toshkentda ilk bor yangi dizayndagi, barcha qulayliklarga ega AYoQS ishga tushirildi.


Zamonaviy AYoQSning ochilishi marosimida ishtirok etgan Mehriddin Abdullaev stansiyaga kirib kelgan avtomobil egalariga faqatgina yoqilg`i quyish orqali xizmat ko`rsatish bilan chegaralanish bugungi kun talabiga umuman javob bermasligini ta`kidlab, aholiga bu turdagi xizmat bilan birga boshqa xizmat turlarini kengaytirish kerakligini ham ta`kidladi.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi tomonidan “UNG Petro” rahbari Mirzohid Musaevga to`liq karantin qoidalariga rioya qilgan holda ish tashkil qilish, xizmat ko`rsatishda uzilish bo`lmasligini ta`minlash, iste`molchilarga xizmat ko`rsatish vaqtida xushmuomala bo`lish kabi vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, mahsulotlar sifatini doimo nazorat qilish, yong`in xavfsizligi qoidalariga to`liq rioya etish hamda ishchi-xodimlar uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida topshiriqlar berildi. 

Ta`kidlash kerakki, bu AYoQSda iste`molchi bir vaqtning o`zida avtomobillarga texnik ko`rsatish xizmatidan ham foydalanishi, avtomashinasini yuvdirishi, texnik ta`mirlash ishlarini o`tkazishi, motor moylarini almashtirish va shu kabi xizmatlar yo`lga qo`yildi.

Shu bilan birgalikda, avtomobil ehtiyot qismlari savdosi, iste`molchi uchun tezlikda xizmat ko`rsatuvchi oziq-ovqat, fast-fut do`konlari ish boshladi. Bundan tashqari haydovchilar kofe, salqin ichimliklar iste`mol qilishi uchun ham sharoit yaratildi.

Qisqa muddatda qurib qayta ishga tushirilgan ushbu AYoQS, joriy yilning 21 iyul kuni “O`zbekneftgaz” brendi ostida ish boshladi.

Eslatib o`tamiz, “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan yana 30 ta xuddi shunday AYoQSlar iste`molchilar uchun foydalanishga topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar