AsosiyJamiyat

Aziz Abduhakimov: "Bir hafta ichida ikki yaqinimni yo`qotdim. Afsuski, ota-onam ham koronavirusga chalingan..." (Video)

'Aziz Abduhakimov: "Bir hafta ichida ikki yaqinimni yo`qotdim. Afsuski, ota-onam ham koronavirusga chalingan..." (Video)'ning rasmi

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a`zosi Aziz Abduhakimov «O`zbekiston 24» telekanali orqali 26 iyul kuni efirga uzatilgan intervyusida ota-onasi koronavirusga chalingani, o`tgan bir hafta ichida esa koronavirus sabab ikki yaqin insonidan ayrilganini ma`lum qildi.

«Afsuski, koronavirus infeksiyasi na yosh, na millat, na kasb, na jamiyatdagi mavqeni inobatga olmaydi. Har kuni ko`plab fuqarolar ushbu infeksiya bilan kasallanayotganini ko`rib turibmiz. Shunchaki bir necha misol keltirmoqchiman. Afsuski, mening ota-onam ham ushbu kasallikka chalindi, vaholanki men har doim ulardan zarur ehtiyot choralarini ko`rishni, barcha karantin talablariga rioya etishni so`ragandim. Biroq bir marta bozorga borib-kelishning o`zi ularning ham kasallikka chalinishi uchun etarli bo`ldi, hozir ular davolanishmoqda.

Yana boshqa ko`plab misollarni ham keltirishim mumkin. So`nggi ikki hafta ichida men juda ham yaqin ikki insonimni yo`qotdim. Afsuski, bunday fojia har birimiz bilan yuz berishi mumkin. Biz juda ham ehtiyotkor bo`lishimiz lozim. Hozir koronavirus infeksiyasi barcha hududlarda tarqalayotganiga guvohi bo`lyapmiz. Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin cheklovlarini 15 avgustga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qilindi», — dedi Aziz Abduhakimov.

    Boshqa yangiliklar