O`zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda ishlatilishi mumkin bo`lgan samarali dori vositasi keltirildi. Bu haqda Effect.uz xabar berdi.
Dorilarni bugun yakkakurash sport turining aralash turi bo`yicha jahon chempioni Murod Xonto`raev Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilgan ko`p tarmoqli maxsus shifoxonaga O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi prezidenti Otabek Umarov nomidan topshirdi.
Bu dorilarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliev qabul qilib oldi.
Samarali deb aytilayotgan dorining nomi “Lianhua Qingwen Jiaonang” bo`lib, bu Xitoyda ishlab chiqarilgan va ehtimol bu dori xalq tabobati asosida tayyorlangan.






