AsosiyIqtisodiyot

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi "O`zavtomotors" AJga nisbatan raqobat qonunchiligi talablari buzilganligi uchun ish qo`zg`atdi

'Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi "O`zavtomotors" AJga nisbatan raqobat qonunchiligi talablari buzilganligi uchun ish qo`zg`atdi'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi "O`zavtomotors" AJga nisbatan raqobat to`g`risidagi qonunchilik talablari buzilganligi uchun ish qo`zg`atdi.

Qo`mita axborot xizmati ma`lum qilishicha.  "O`zavtomotors" AJda  O`zbekiston Respublikasi “Raqobat to`g`risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo`llanilishi asosliligi yuzasidan vakolat doirasida tekshirish o`tkazildi.

Tekshirish natijalari bo`yicha jamiyat tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to`g`risida” Qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, “UZAUTOMOTORS” AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo`zg`atildi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Rasul Kusherbaev Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisiga engil avtomobillar narxining oshirilishi bo`yicha deputatlik so`rovi yuborgan edi.

    Boshqa yangiliklar