Aytishlaricha, Prezident farmoni bilan 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida:
✅pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so`m;
✅eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so`m;
✅bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so`m;
✅zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so`m etib belgilandi.
Hujjat rasman e`lon qilinishini kutamiz.






