Madridning “Real” jamoasi Ispaniya Kubogidan chetlatishi kutilmoqda.
Klub “Kadis” bilan bahsda rossiyalik futbolchi Denis Cherishevning xizmatidan foydalanganligi uchun mana shunday jazoga tortilishi mumkin.
Denis Cherishev o`tgan mavsumda “Vilyarreal” safida sariq kartochka olgandi. Turnir reglamentiga ko`ra rossiyalik futbolchining sariq kartochkasi boshqa klubda ham saqlanib qoladi. Shu bois u mazkur o`yinda ishtirok etish huquqidan mahrum edi. Shunga qaramay Cherishevni maydonga tushirgan “Real” klubi katta ehtimol bilan musobaqadan chetlatilishi ehtimoli bor, - deb xabar bermoqda sports.ru nashri.





