AsosiyJamiyat

Samarqandda ariqning temir panjarasi orasiga tushib ketgan qizcha chiqarib olindi

'Samarqandda ariqning temir panjarasi orasiga tushib ketgan qizcha chiqarib olindi'ning rasmi

FVV ma`lum qilishicha, bugun, 31 iyul kuni soat 15.35 da Samarqand shahri Ozod – Sharq ko`chasidagi ariq ustiga o`rnatilgan temir panjara orasiga Samarqand shahri M.Haydarova ko`chasida yashovchi 2011 yilda tug`ilgan J. R.ning oyog`i kirib siqilib qolgan.

FVV qutqaruv guruhi olingan xabar bo`yicha voqea joyiga zudlik bilan etib borib, maxsus asbob-anjomlari yordamida temir panjarani kesib, orasidan qizaloqni chiqarib olishdi. Hozirda qizcha ota-onasiga sog`-salomat topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar