1

Yaponiyada yuviladigan telefon yaratildi

Hi-tech 03.12.2015, 15:39
Yaponiyada yuviladigan telefon yaratildi

Yaponiyaning Kyocera kompaniyasi Digno Rafre smartfonini yaratdi. Uning o`ziga xos xususiyati shundaki, smartfonni suv va sovun yordamida yuvish mumkin, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Yangi smartfon mualliflarining so`zlariga ko`ra, uni har qanday vaziyatlarda ishlatish, hattoki vannada “cho`miltirish” ham mumkin.  Gadjetning sensorli displeyi suvga botirilganda ham ishlayveradi. Telefon apparati korpusini mustahkam qilib yaratish ko`zda tutilgan. Shuningdek, kompaniya vakillari smartfonni sotib olish istagini bildirgan mijozlarga o`rdakcha shaklidagi himoya g`ilofini ham birga sotib olishni tavsiya qilmoqda.

Qurilma Android 5.1 tizimida ishlaydi. U 13 megapikselli kamera va 5 diagonalli umumiy hajmi 1280 va 720 piksel bo`lgan ekranga ega. Akkumulyator quvvati soatiga 3000 milliamperni tashkil etadi.  

Smartfon 11 dekabrdan boshlab Yaponiyada sotuvga chiqariladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1