AsosiySport

Temur Kapadze va Odil Ahmedov jamoasi hayriya uchun o`ynaydi

Futbolga ixtisoslashgan internet saytlari orasida o`z nomiga ega bo`lgan championat.asia internet portali o`zining tashkil topganiga 5 yil to`lgani munosabati bilan hayriya uchrashuvini tashkil qiladi.

23 dekabr kuni Toshkentdagi "O`zbekiston" sport arenasida o`zbek futbolining taniqli o`yinchilari Temur Kapadze va Odil Ahmedov jamoalari o`rtasida bahs bo`lib o`tadi. Undan tushadigan mablag`lar sog`ligida muammoasi bor bo`lgan Hasanjon Ergashevning Hindistonda operasiya qilinishi uchun moddiy yordam sifatida o`tkazib beriladi, - deb xabar bermoqda championat.asia internet portali.

Mazkur hayriya uchrashuvida ishtirok etganlar yoki Hasanjon Ergashevga yordam berishni istaganlar uchun shu kunlarda uning uchun maxsus hisob raqami ochiladi. Telefon raqamlari haqida ham shundan keyin batafsil ma`lumot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar