“Barselona” klubi himoyachisi Xaver Maskerano soliqlarni o`z vaqtida to`lamaganlikda ayblanmoqda.
Argentinalik futbolchi endilikda 816 ming evro miqdorida jarima to`laydi. Shuningdek, shartli ravishda bir yillik qamoq jazosini oladi. Bu vaqt davomida futbolchi nazorat ostida bo`ladi.
Maskerano oktyabr oyida sudda bo`lib, ikki yil davomida 1,5 million evro miqdoridagi soliqlarni to`lamaganligini tan olgandi.





