Plyaj futboli bo`yicha terma jamoalarning yangi reytingi e`lon qilindi.
Ushbu Jahon reytingida O`zbekiston plyaj futboli terma jamoasi 55-o`rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 165 ochko bor.
Reytingni 2011 hamda 2013 yilllarda Jahon chempionligini qo`lga kiritgan Rossiya boshqarib bormoqda. Jahonning amaldagi chempioni - Portugaliya terma jamoasi esa ikkinchi o`rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni plyaj futbolidagi eng sovrindor jamoa - Braziliya yakunlab bergan.
Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida esa O`zbekiston 9-o`rinda. Jahon reytingida 6-o`rinda borayotgan Eron terma jamoasi Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida eng yaxshi ko`rsatkichka ega. Kuchli uchlikdan, shuningdek, BAA va Yaponiya terma jamoalarii o`rin olgan, - deb xabar bermoqda O`FF rasmiy sayti.
Tomas Myuller Germaniya Bundesligasining eng ko`p maosh oladigan futbolchisi bo`ladi
“Bavariya” jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Bundesliganing eng ko`p maosh oluvchi futbolchisi bo`ladi.
“SE” nashri bergan xabarga ko`ra, Myuller “Bavariya” bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan. Endilikda Tomasning yillik moyanasi 8 dan 17 million evrogacha ko`tariladigan bo`ldi.
Ilgari “Bavariya”da eng ko`p maoshni Frank Riberi va Filipp Lamlar 14 million evrodan olishar edi.





