Qo`mita axborot xizmatining ma`lum qilishicha, “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” xususiy korxonasi 2-Mirobod ko`chasi, 13, 15 va 17-uylarni buzish hisobiga etkazilgan zararni o`rnatilgan tartibda qoplash maqsadida Toshkent shahar Evropa yahudiylari diniy jamoasi bilan kelishuvga erisholmaganligi sababli Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qilgan edi. Sud majlisi bugun, 5 avgust sanasida bo`lib o`tdi.
Sudda tomonlarning fikr-mulohazalari to`liq tinglandi. “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” xususiy korxonasi Toshkent shahar Evropa yahudiylari diniy jamoasiga qarashli er maydoniga egalik qilish bo`yicha kiritgan da`vo arizasini qaytarib oldi. Shunga ko`ra, Toshkent shahar Evropa yahudiylari diniy jamoasiga tegishli sinagoga binosi buzilishiga yo`l qo`yilmaslikka erishildi.