1

Qamchiq dovonida yangi tonnel quriladi

Jamiyat 05.08.2020, 19:54
Qamchiq dovonida yangi tonnel quriladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 5 avgust kuni energetika, transport, kommunal xo`jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Transport va logistika tarmog`i haqida gap ketar ekan, ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar umuman qoniqarli emasligi qayd etildi.

Sohani rivojlantirishning keyingi davrida 27 milliard dollar talab etilishi ma`lum qilindi.

Misol uchun, bugungi kunda Qamchiq dovoni orqali Toshkentdan Andijonga borish uchun tirbandliklar sababli 5-6 soat vaqt sarflanadi, 22 ming avtomobil o`tadi. Bu ko`rsatkich kelgusi 5 yilda 40 mingga etadi. “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo`li ishga tushgan taqdirda masofani bosib o`tish 3 soatgacha qisqaradi, transport harakati esa 70 foizgacha oshadi.

Shu bois davlatimiz rahbari Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo`yicha tender-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender e`lon qilish muhimligini ko`rsatib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1