1

Koronavirusga chalingan bemor: "Shifokorlarning qo`lini o`paman, meni hayotimga qaytarishdi" (video)

Jamiyat 06.08.2020, 23:38
Koronavirusga chalingan bemor: "Shifokorlarning qo`lini o`paman, meni hayotimga qaytarishdi" (video)

Effect.uz axborot agentligi Toshkent virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasidan maxsus reportaj tayyorladi. 

Ma`lum bo`lishicha, bu klinikadan 15 martdan boshlab, 2 mingga yaqin bemor tuzalib chiqqan. 40 ga yaqin bemor afsuski vafot etgan, hozirda 200 nafarga yaqin bemorlar davolanmoqda. 20 ga yaqin bemorning ahvoli o`ta og`ir, jadallashtirish bo`limida esa 100 dan ortiq bemorlar tuzalib, hayotga qaytish uchun kurashmoqda. 

Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova bizga hamrohlik qilib, 70-80 nafar bemor haqida to`liq ma`lumot berdi. Bemorlarning o`zlari ham chiqish qilib, bu erda yaratilgan sharoitlar va o`z ahvollari haqida ma`lumot berishdi.

“Ochig`i, bu reportajni tayyorlashdan maqsad shu ediki: oramizda ayrim kimsalar O`zbekistonda umuman jahonda bu virus yo`q deya xulosa qilishadi, afsuski virus bor va mavjud. Uni qachon, qanday yuqishi kimga yuqishi haqida hech qanday xulosalar yo`q. Bu kasallik oldida ba`zi vaqtda tibbiyot ojiz va bunga qarshi kurashishda birlashish shart!”, deyiladi xabarda. 

 Ma`lumot uchun, O`zbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlangan ilk bemor qayd etilgandi. 6 avgust holatiga ko`ra mamlakatda virusdan zararlanish holatlari 28069 taga etgan, bemorlarning 18783 nafari sog`aygan va 171 nafari vafot etgan. Hozirda 9113 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 799 nafari og`ir, 228 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. 
Video:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1