O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi boshqaruv apparatida bir qator o`zgarishlar amalga oshirildi.
Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinasiya qilish departamenti direktori vazifasida ishlab kelgan Alisher Karimov MOQ prezidentining Sport sohasini tijoratlashtirish va investisiya masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinasiya qilish departamenti direktorligi esa vaqtinchalik Qo`mita prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov zimmasiga yuklatildi.








