1

Buxorodagi 7 ta qadimiy obida YuNESKO merosi ro`yxatiga kiritilishi uchun hujjatlar tayyorlandi

Madaniyat 08.08.2020, 18:12
Buxorodagi 7 ta qadimiy obida YuNESKO merosi ro`yxatiga kiritilishi uchun hujjatlar tayyorlandi

Bugungi kunda Buxoro viloyatida 829 ta moddiy madaniy meros ob`ektlari davlat muhofazasiga olingan. Shundan 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura ob`ektlari, 17 tasi monumental san`at hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. Ular orasidan 7 ta madaniy meros ob`ektlarini YuNESKOning Umumjahon merosi ro`yxatiga kiritish bo`yicha nomzodlik hujjatlari tayyorlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Bular:

Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura ob`ektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlari.

Ushbu obidalarni YuNESKOning Umumjaxon merosi ro`yxatiga kiritish bo`yicha  nomzodlik hujjatlari xalqaro mezonlar asosida tayyorlanmoqda va bunga O`zbekiston Madaniyat vazirligi, YuNESKO ishlari bo`yicha milliy komissiya, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti jalb qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1