1

Taniqli kompozitor, san`at arbobi Anvar Ergashev olamdan o`tdi

Madaniyat 08.08.2020, 20:56
Taniqli kompozitor, san`at arbobi Anvar Ergashev olamdan o`tdi

Taniqli kompozitor va dirijyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, “O`zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a`zosi Anvar Ergashev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.  

50 dan ortiq  badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, ko`plab qo`shiq hamda musiqalar muallifi. Uning kinodagi ishlari sirasiga “Bomba”, “Sharif va Ma`rif”, “Osmondagi bolalar”, “Alanga ichidagi farishta”, “Oq bino oqshomlari”, “Uch qirol jangi”, “Oyi” filmlari kiradi. Etuk kompozitorning so`nggi ishi bir necha oy oldin premerasi bo`lib o`tgan “101” kinoasari edi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1