Barchani qiziqtirayotgan “Temir daftar”! Bu nima? Uning ro`yxatiga kirishga kimlar haqli? (batafsil)

Jamiyat 09.08.2020, 02:20
Barchani qiziqtirayotgan “Temir daftar”! Bu nima? Uning ro`yxatiga kirishga kimlar haqli? (batafsil)

So`nggi paytlarda juda ko`p tilga olinayotgan “temir daftar” atamasi mamlakat tajribasida yangilik bo`lganligi bois, u yurtdoshlarimiz orasida turlicha talqin qilinib, shu o`rinda tushunmovchiliklarni ham yuzaga kelishiga sabab bo`lmoqda. Xo`sh, aslida bu qanday tizim? Unga qaysi toifadagi aholi qamrab olinadi? Uni yuritish uchun kimlar mas`ul? Shu va shu kabi kabi savollarga 6 avgust kuni vazirliklar, Namangan viloyat hokimligi mas`ullari va OAV vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish Departamenti direktori Voxid Rahimov javob berdi.

— “Temir daftar” – bu nima? 

— “Temir daftar” — bu oilalarni kambag`allikdan chiqarish, ijtimoiy ahvoli hamda turmush sharoiti og`ir bo`lgan oilalarni doimiy bandlik va daromad manbaibilan ta`minlash hamda ularni qo`llab-quvvatlash bo`yicha sektor rahbarlari (Tahr. tuman hokimi, tuman prokurori, tuman soliq bo`limi boshlig`i va tuman IIB boshlig`i) tomonidan alohida nazoratga olingan oilalar qayd etiladigan “saxovat.argos.uz”elektron dasturi bo`lib, bunda pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj, ish joyi va daromad manbaini yo`qotgan fuqarolar, shuningdek nogironlar, yakka-yolg`iz keksalar va kam ta`minlanganligi kabi me`zonlarga asoslanib kiritilgan oilalarning manzilli ro`yxati. 

— Ro`yxat qanday shakllantiriladi?

— Sektor rahbarlari tomonidan mahalla fuqarolar yig`ini raislari bilan birgalikda sektorlarga biriktirilgan mahallalarda uyma-uy yurib oilalarning moddiy va turmush sharoitini har tomonlama o`rgangan holda sektor kotibi tomonidan “saxovat.argos.uz” elektron bazasiga kiritiladi.

— Ro`yxatga kiritilgan fuqarolarga qanday ko`mak ko`rsatiladi?

— “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam berish, ularni ish bilan ta`minlash, tadbirkorlikka yo`naltirish orqali yordam ko`rsatiladi.

— “Temir daftar”dan qachon va qanday tartibda chiqariladi? 

— Ro`yxatga kiritilgan fuqaro qachonki doimiy ish va daromad manbaiga ega bo`lsa, sektor rahbarlarining tavsiyasi hamda o`sha doimiy daromadga ega bo`lgan oila boshlig`ining bu to`g`risidagi yozma murojaati ko`ra tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashiqarori asosida chiqariladi.

— Ma`lumotlar qancha vaqtda yangilanadi? 

— “Temir daftar”dan chiqarish va ularning o`rniga yangi oilalarni kiritish bo`yicha ma`lumotlar kunlik yangilanib boriladi.

— O`zbekistondagi “Temir daftar”ga kiritilgan va undan chiqarilgan oilalar sonining umumiy miqdori qanchani tashkil qiladi?

— Jami ro`yxatga kiritilgan 400 772 nafar oilaning 153 393 nafari bu ro`yxatdan chiqarilgan, ya`ni o`sha oilalardagi mehnatga layoqatli 184 516 nafar fuqaro. 305 998 nafar oilaning 369 856 nafar a`zosi ishga joylashtirilgan. (Tahr. Bu 8 avgustga qadar bo`lgan ma`lumotlar bo`lib, yuqorida ro`yxatning kunlik yangilanishini hisobga olish so`raladi.)

Xulosa o`rnida

Prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yil 24 yanvardagi Parlamentga qilgan Murojaatnomasida O`zbekistondagi kambag`allik darajasi 12-15 %, ya`ni 4-5 million ekanligini aytib o`tgan edi. Agar hisoblaydigan bo`lsak, 4-5 mln. kambag`al deb topilgan aholining 184 mingdan ortig`i (3-4 %) hatto bugungi pandemiya sharoitida ish bilan ta`minlanib, kambag`allikdan 3-4 % bo`lsa ham chiqarilishiga erishilgan ekan, buning ijobiy natija ekanligini e`tirof etish lozim. O`ylaymizki, maqolani o`qib, “Temir daftar” haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`ldingiz. 

Sardorbek Rahmonqulov  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1