1

Ertadan O`zbekistonning yana bir viloyatida karantin cheklovlari yumshatiladi

Jamiyat 09.08.2020, 21:37
Ertadan O`zbekistonning yana bir viloyatida karantin cheklovlari yumshatiladi

Buxoro viloyatida 10 avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatila boshlaydi. Bu haqda viloyat maxsus komissiyasining yig`ilish bayoni qabul qilindi.

Unga ko`ra, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi shahar va tumanlar bo`limlarining xulosasi hamda sektor rahbarlari bilan kelishilgandan so`ng hokimlarning kafolat xatlari asosida Buxoro viloyati hududidagi:

umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi);

mehmonxonalar;

individual shug`ullanish uchun trenajyor zallar;

nodavlat ta`lim markazlari, to`garaklar (10 kishidan ko`p bo`lmagan guruh tashkil etib, mashg`ulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda);

nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari;

buyum, qurilish mollari savdosi va boshqa faoliyat turi bilan shug`ullanadigan bozorlar;

sartaroshxona va go`zallik salonlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, Buxoro va Kogon shahri hamda tumanlar markazlariga avtotransport vositalarining kirib-chiqishini nazorat qiluvchi blok-postlar faoliyati to`xtatiladi.

Koronavirus pandemiyasi boshlangan buyon Buxoro viloyatida 971 kishi virus yuqtirib olgan. Shulardan 884 nafari (91 foiz) tuzalgan, 7 kishi vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1