1

Koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar o`zimizda ishlab chiqarilyaptimi?

Jamiyat 10.08.2020, 07:19
Koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar o`zimizda ishlab chiqarilyaptimi?

 AOKA huzuridagi shtabda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori o`rinbosari Alisher Temirov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.

Brifingda dolzarb savollar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma`lumot berildi. 

"COVID-19 bilan kassalangan bemorlarni davolash bo`yicha vaqtinchalik qo`llanmaga (6-versiya) muvofiq, bemorning ahvoli va kasallikning kechishiga qarab, 50 ga yaqin dori vositasi qo`llanilishi mumkin.

 Bular: Viruslarga qarshi, antibakterial va zamburug`larga qarshi vositalar, Antikoagulyant, antiagregant vositalar, Yallig`lanishga qarshi, glyukokortikosteroid vositalar, Vitaminlar, mikroelentlar, Mukolitik va balg`am ko`chiruvchi, dekongestant vositalar (qon tomirlarni mahalliy toraytiruvchi vositalar), Qusishga qarshi, oshqozon-ichak tizimi dori vositalari, Diuretik vositalar, Adrenomimetiklar, Metabolik jarayonlarni to`g`rilovchi vositalar,  

Mamlakatimizda umumiy 100 ta dori vositalarini ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud. Ulardan 25 ta korxona davolash protokoliga asosan qo`llanadigan 215 turdagi dori vositalarni ishlab chiqarmoqda va bu ko`rsatkich kun sayin ortib bormoqda.  

O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi «Kovipir» nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro`yxatidan o`tkazish jarayonini boshladi va yangi dori vositasi qisqa muddatlarda o`zlashtirildi. Ushbu favipiravir faol moddasi saqlovchi dori vositasi Yaponiya, Rossiya va bir qator davlatlarda koronavirus infeksiyasini davolashda yuqori samara ko`rsatib kelmoqda", 

- deya ma`lum qildi mutaxassis.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1