"Yo`q obro`ga qanday putur etkazish mumkin?!" Deputat “UzAutoMotors”ning Kusherbaev ustidan arz qilayotgani ortidan achchiq haqiqatlarni aytib tashladi

Jamiyat 11.08.2020, 08:14
"Yo`q obro`ga qanday putur etkazish mumkin?!" Deputat “UzAutoMotors”ning Kusherbaev ustidan arz qilayotgani ortidan achchiq haqiqatlarni aytib tashladi

Xabaringiz bor, deputat Rasul Kusherbaev va “UzAutoMotors” AJ o`rtasida so`nggi vaqtlar qizg`in bahs ketmoqda.  Kusherbaev tomonidan kompaniyaga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar, O`zbekistonda yagona — monopol tashkilot uchun kuchli zarba bo`layotgan bo`lsa, ajabmas. Ayni paytda “UzAutoMotors” AJ O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasiga deputat Rasul Kusherbaev ustidan shikoyat xati yuboribdi.  Bu haqda deputat Doniyor G`aniev ma`lum qilmoqda va o`z manosabatini ham bildirib o`tgan:

"Shikoyatda iddao etilishicha Kusherbaev kompaniya va uning faoliyati haqida asossiz fikrlar bildirish orqali “UzAutoMotors”ning "ishchanlik obro`siga" putur etkazganmish (yo`q obro`ga qanday putur etkazish mumkin hayronman).

Kecha O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy fraksiyasi yig`ilishida ushbu shikoyat xati ko`rib chiqildi. Unda fraksiyaning barcha deputatlari bir ovozdan Kusherbaevni qo`llab-quvvatlashdi. Zero, “UzAutoMotors” AJ haqida Kusherbaevning bildirilgan fikrlari qanchalik haqiqatga yaqinligini unga bulgan xalqning munosabati ko`rsatib turibdi.  

“UzAutoMotors” AJ esa yillar davomida davlatning o`nlab trillion so`mlik imtiyoz va prefensiyalaridan foydalangani, iste`molchilar huquqlarini doimiy kamsitib kelgani etmaganidek, endi unga nisbatan xalqning, deputatlarning, jamoatchilikning tanqidlarini rad etib, o`zi tushib olgan ko`lmakdan chiqishni istamasligi bu kompaniyaning qanchalar yuzsiz ekanligini ko`rsatib qo`ydi.  

Qolaversa, bir necha kun avval Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining “UzAutoMotors” AJ faoliyatiga oid tekshiruvi natijalari bo`yicha maxsus komissiyasi muhokama yig`ilishida kompaniyaning bir qancha kirdikorlari oshkor bo`lgan edi. Yig`ilishda ko`tarilgan masalalar yakuniga ko`ra kompaniya 2020 yilda avtomobil tannarxlarini shakllantirishda jami 1,1 trln.so`mdan ko`proq asossiz xarajatlar hisoblanganligi tekshiruv davomida aniqlangan. Bu esa o`rtacha hisoblaganda har bir avtomobil tannarxi kamida  4-5 mln.so`mgacha asossiz oshirilganini anglatadi.  

Shunday ekan, "UzAutoMotors” AJ deputat ustidan shikoyat qilib, gapni aylantirguncha Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan aniqlangan 1,1 trln.so`m bo`yicha aniq faktlar asosida hisob bersa yaxshi bo`larmidi?

Kusherbaev ham deputat, ham fuqaro sifatida o`zining konstitusiyaviy huqularidan foydalangan holda o`z fikrini bildirdi. “UzAutoMotors” AJ esa uning bu huquqlaridan foydalanganligini qoralamoqda.  Bu esa muhtaram prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan siyosiy o`zgarishlar, xususan  mamlakatda so`z erkinligini ta`minlash, kuchli demokratik davlat qurish yo`lidagi islohotlarga ziddir.

Agar bu gaplarim bilan men ham "UzAutoMotors”ning "obro`siga putur etkazib, ularning paxtadek yumshoq ko`ngliga ozor bergan bo`lsam", iltimos ovora bo`lib shikoyat yuborib yurishmasin. O`zim oldindan uzr so`rab qo`ya qolaman", 

deyiladi G`aniev mulohazalarida. 

Mavzuga doir:

Deputat: Monopolistlarimizning “bezbetlarcha” katta-katta mablag`larga ega bo`layotganligi asablarni tarang qilmoqda

"Kompaniya siz ishlab chiqqan qonunlarga tayansa, nega endi ta`na aynan siz tomondan yangramoqda?" “O`zavtomotors” Kusherbaevga munosabat bildirdi

Men Siz haqingizda ko`pchilikka ma`lum haqiqatni aytaveraman: Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz — Kusherbaev yana "O`zavtomotors"ga

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisiga engil avtomobillar narxini oshirilishi bo`yicha deputatlik so`rovi yuborildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi "O`zavtomotors" AJga nisbatan raqobat qonunchiligi talablari buzilganligi uchun ish qo`zg`atdi

«UzAutoMotors» deputat Rasul Kusherbaevning engil avtomobillar narxlarini oshirish bo`yicha aybloviga munosabat bildirdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1