Afsonaviy futbolchi Zineddin Zidan “Oltin to`p”ni kim olishi to`g`risida berilgan savollarga o`z fikrini bildirib o`tdi.
- Mening nazarimda bu sovrin Ronalduga berilsa to`g`ri bo`lardi. U “Real”da ajoyib o`yinlari va gollari bilan olqishlarga sazovor bo`lib kelmoqda. Mavsum davomida u ushbu mukofatga loyiq ekanligini ko`rsatib berdi. Shuning uchun ham men uni “Oltin to`p”ni olishini istardim, - deydi Zidan.





