Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar noyabr oyi yakuniga ko`ra Primeraning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O`tgan oyda braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining uchta o`yinida 5ta gol kiritgan.
Umumiy hisobda esa 23 yoshli hujumchi Primera doirasida 14ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.





