#uydaqol! # hayotgaqoʻshil! chellenjida dastlabki g`oliblar aniqlandi

Sport 12.08.2020, 10:27
#uydaqol! # hayotgaqoʻshil! chellenjida dastlabki g`oliblar aniqlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug`ullanishni targ`ib qilish maqsadida #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjini e`lon qilgandi. 3-avgustdan boshlangan chellenjda qatnashish orqali yurtdoshlarimiz nafaqat o`z salomatligini mustahkamlaydi, balki qimmatbaho sovg`alarni yutib olish imkoniyatiga ham ega bo`lishadi. Bu haqda 
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

3-9-avgust kunlari o`tkazilgan #uydaqol! # hayotgaqoʻshil! chellenjida yurtdoshlarimiz faol qatnashdi. Unda sport ixlosmandlari tomonidan yuborilgan 200dan ortiq video g`oliblik uchun musobaqalashdi. Chellenjda 750 nafarga yaqin yurtdoshimiz o`z imkoniyatini sinab ko`rdi. Ya`ni, oilaviy chellenjda aksariyat yurtdoshlarimiz oila a`zolari bilan birga, kamida 3-4 kishi bo`lib qatnashishdi.

Hakamlar hay`ati qaroriga ko`ra, chellenjda 1-o`rin Toshkent shahar Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Anastasiya Ruzmetovalar oilasiga nasib etdi.


2-o`rinni esa Jizzax viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Hasanova Jasmina ishtirokida tayyorlangan videorolik egalladi.

Kuchli uchlikka esa Toshkent shahar Chilonzor tumani Al-Xorazmiy dahasida yashovchi Aripovlar oilasi yakun yasab berdi. Videorolikda oila bekasi Vasila Aripova hamda farzandlari Bexruz va Bekzod Axtamovlar ishtirok etgan.


Chellenj g`oliblari velotrenajyor bilan mukofotlanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1