1

Apple ayfon uchun akkumulyatorli g`ilofni sotuvga chiqardi(FOTO)

Hi-tech 09.12.2015, 14:51
Apple ayfon uchun akkumulyatorli g`ilofni sotuvga chiqardi(FOTO)

Apple kompaniyasi iPhone 6 va 6S smartfonlari uchun Smart Battery Case deb nomlanuchi qo`shimcha akkumulyatorli g`iloflarni sotuvga chiqardi, deb xabar beradi “1news.az”.
“Ayfoningiz va uning g`ilofini bir vaqtning o`zida quvvatlantiring. Shunda siz 25 soat mobaynida telefonda uzluksiz suhbatlashish, 18 soatgacha LTE orqali internetdan foydalanish va musiqa tinglash imkoniyatini qo`lga kiritasiz”, – deyiladi kompaniya rasmiy saytida e`lon qilingan xabarda.


G`ilof Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning ikki xil-oq va to`q kulrangdagi turlari sotilmoqda. G`ilofning AQShdagi narxi 99 dollar. 
Tez quvvati tugashi sabab ayfon ko`pchilik foydalanuvchilarga noqulaylik tug`dirishi tabiiy. Shuning uchun bu qurilma xaridorgir bo`lishi kutilmoqda. iPhone`ning avvalgi avlod smartfonlari uchun ham bunday g`ilof yaratiladimi yo`qmi, bu hozircha noma`lum

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1