1

Osiyo chempionati Toshkent, Namangan va Olmaliqdagi stadionlarda o`tkaziladi

Sport 13.08.2020, 18:49
Osiyo chempionati Toshkent, Namangan va Olmaliqdagi stadionlarda o`tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga binoan, futbol bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi (U-19) Osiyo chempionatining final bosqichi 2020 yil 14-31 oktyabr kunlari quyidagi stadionlarda bo`lib o`tadi:

— Toshkent shahridagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Paxtakor” o`yingohlarida;

— Namangan shahridagi “Navbahor” o`yingohida;

— Olmaliq shahridagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” o`yingohida.

Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish bo`yicha Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduxakimov boshchiligida tashkiliy qo`mita tarkibi tasdiqlandi.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilarni kuzatib borish uchun chet tillarini mukammal biladigan ko`ngilli talabalar jalb etiladi.

Turnirni tashkil etish va o`tkazish uchun O`zbekiston futbol assosiasiyasi mablag`lari hisobidan 14 mlrd 642 mln so`m ajratilishi belgilandi.

Eslatib o`tamiz, U-19 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakatning o`smirlar terma jamoalari ishtirok etadi. O`zbekiston “A” guruhida Eron, Indoneziya va Kamboja bilan kuch sinashadi.

Mazkur musobaqa o`z navbatida 2021 yili Indoneziyada bo`ladigan U-20 Jahon chempionatiga saralash turniri ham hisoblanadi. Unga ko`ra, mezbon Indoneziyadan tashqari yana 4 ta Osiyo davlati O`zbekistonda bo`ladigan musobaqa yakunida ma`lum bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1