AsosiyDunyo

Donald Tramp internetni yopishni taklif qildi

AQSh Prezidentligiga nomzod Donald Tramp internetni yopib qo`yishni taklif qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Mazkur taklifni u Janubiy Karolina shtati saylovchilari oldida chiqish qialyotgan paytda aytgan. Siyosatchi bu jumla orqali aynan nima demoqchi ekanligini ochiqlamagan.  Uning fikriga ko`ra, bunday qaror terrorchilik guruhlari bilan kurashishda yordam beradi.  “Biz internet sabab ko`p odam yo`qotyapmiz”, — dedi u.

Tramp internetni yopib qo`yish masalasini Bill Geytsga o`xshagan “voqea-hodisalar mohiyatini yaxshi tushunadigan”lar bilan maslahatlashish kerakligini ta`kidladi.  

U shuningdek, o`z taklifini ayrimlar so`z erkinligi huquqiga zid deb hisoblashini ham qo`shimcha qildi. “Bunday insonlarni men ahmoq deb hisoblayman”, —dedi u.

Amerikalik milliarder Donald Tramp AQShdagi bir nechta yirik mexmonxonalar, kazino va qurilish kompaniyasiga egalik qiladi.

    Boshqa yangiliklar