1

Maktablar qachondan boshlanadi? Forma va o`quv qurollarini olish kerakmi?”

Jamiyat 14.08.2020, 15:31
Maktablar qachondan boshlanadi? Forma va o`quv qurollarini olish kerakmi?”

Xalq ta`limi vazirligi Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, Bugun aksariyat ota-onalardan davlat maktablarida qachon yangi o`quv yili boshlanishi hamda o`quvchilar uchun o`quv qurollari hamda maktab formasini xarid qilish yuzasidan ko`plab savollar kelib tushgan..  

Xalq ta`limi vazirligi ushbu savolga javoban quyidagilarni ma`lum qilmoqda:

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yilning 20 avgustidan boshlab buyum bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug`ullanuvchi yirik do`konlar faoliyatiga ruxsat berildi.

Albatta o`quv yili qachon boshlanishidan qat`iy nazar o`quvchilar uchun o`quv qurollari kerak bo`ladi.  

Ota-onalarimizdan, bozor va do`konlar ochilgani bilan, sanitariya qoidalari va ijtimoiy masofa saqlashlari, ayniqsa, farzandlari sog`ligiga alohida e`tibor qaratishlarini so`raymiz. Hozir hamma baravar bozorga borsa ijtimoiy masofa saqlash qiyin bo`ladi, shuning uchun juda shoshilish, barcha xaridlarni maktabgacha amalga oshirish shart emas. O`quv qurollari va kiyim-kechaklarni maktab boshlanganidan keyin ham olib berish mumkin, eng asosiysi o`zingiz va farzandlaringizning salomatligini asrash!

Ayni damda o`quv yilini boshlash yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga taklif kiritish bo`yicha topshiriq berilgan. Davlat umumta`lim maktablari bo`yicha Respublika Maxsus komissiyasining qarori yaqin kunlarda e`lon qilinadi.

Avvalroq Xalq ta`limi vazirligi maktablar faoliyatini davom ettirish bo`yicha 3 ta ssenariy taklif qilayotgani haqida xabar bergandik.

 

Sharhlar

Меҳмон 30.08.2020, 16:41
Maktab qachondan boshlanadi
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1