Evropa chempionlar ligasining chorak finalidan o`rin olgan “Barselona” – “Bavariya” uchrashuvi o`z yakuniga etdi.
Unda myunxenliklar yirik hisobdagi g`alabani qo`lga kiritishdi.
Uchrashuvning dastlabki bo`limida Tomas Myuller dubl qayd etdi, shuningdek Ivan Perishich va Serj Gnabrilar o`z hisobdagi gol yozdirib qo`yishdi. Katalonlarning yagona golini ham “Bavariya” futbolchisi urdi.
Ikkinchi bo`limda ham xuddi ssenari takrorlandi. Filippe Koutinoning dubli, Robert Levandoski va Joshua Kimmixning gollariga “Barsa” Luis Suaresning to`pi bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Bavariya” keyingi bosqichga chiqdi va final yo`llanmasi uchun “Man Siti” – “Lion” o`yini g`olibi bilan o`ynaydi.
EChL, ¼ final
Barselona Ispaniya – Bavariya Germaniya 2:8
Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perishich, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller, 2:4 – 57 Suares, 2:5 – 63 Kimmix, 2:6 – 82 Levandovski, 2:7 – 85 Koutino, 2:8 – 89 Koutino.
Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Pike, Serdji Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Semedu, Suares, Messi.
Bavariya – Noyer, Alaba, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Gnabri (Koutino, 75), Devis (Lyuka Ernandes, 84), Alkantara, Perishich (Koman, 67), Goretska (Tolisso, 84), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Boateng (42), Devis (52), Suares (54), Alba (59), Kimmix (85), Vidal (90).