1

Bugun 8 ta hududda koronavirusdan davolanayotgan mingdan ziyod bemorlar tuzaldi. Sog`ayish ko`rsatkichi 86 foizga etdi.

Jamiyat 15.08.2020, 23:37
Bugun 8 ta hududda koronavirusdan davolanayotgan mingdan ziyod bemorlar tuzaldi. Sog`ayish ko`rsatkichi 86 foizga etdi.

Bugun, 15 avgust kuni mamlakatimizning 8 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 1 382 nafari sog`aydi.

Jumladan, bemorlarning:

1044 nafari Toshkent shahrida

295 nafari Toshkent viloyatida

11 nafari Xorazm viloyatida

10 nafari Qashqadaryo viloyatida

 7 nafari Sirdaryo viloyatida

 7 nafari Surxondaryo viloyatida

6 nafari Namangan viloyatida 

2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida kasallikdan forig` bo`ldi.

Shunday qilib, 5 kunda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan kunlik sog`ayishlar soni ming nafardan oshmoqda va hammasi bo`lib “COVID-19”dan 7 051 nafar bemor sog`aydi.

Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 30 043 nafarga, sog`ayish ko`rsatkichi esa 86 foizga etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1