AQShda ӯtkazilgan professional boks oqshomida hamyurtimiz Shahram G`iyosov nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO)ga qarshi ringga kӯtarildi.
O`zbekistonlik bokschi uchinchi raundning so`nggi soniyalarida raqibining qorin qismiga kuchli zarba berdi va Kamposni nokautga uchratdi.
Shu tariqa Shahram professional boksdagi o`ninchi jangida 10-g`alabasini qo`lga kiritdi.
Aslida Shahram meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, unga raqib sifatida Kampos tanlangan.






