AsosiySport

Yana bir bokschimiz Isroil Madrimov WBA Jahon chempionlik kamari uchun da`vogarga aylandi

'Yana bir bokschimiz Isroil Madrimov WBA Jahon chempionlik kamari uchun da`vogarga aylandi'ning rasmi

Professional boksning super yarim o`rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan o`zbekistonlik Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongida 37 yoshli Erik Uokerga (20-3, 9 KO) qarshi ringga ko`tarildi.

Jangning dastlabki raundlarida ustunlik amerikalik bokschi tomonida bo`ldi, biroq Isroil vaqt o`tgan sari vaziyatni o`z tomoniga og`dirdi va bir necha raundni o`z foydasiga hal qildi. 

7 va 8-raundlar Madrimov uchun qiyin kechdi. Biroq o`zbekistonlik bokschi tezda o`ziga keldi va 9-raundda raqibini chuqur nokaut holatiga tushirishga muvaffaq bo`ldi. 

Ammo bosh hakam tushunarsiz qarori bilan nokautni bekor qildi va Uoker o`ziga kelib olishi uchun besh daqiqalik tanaffus berdi.

Madrimov qolgan raundlarda ham faollik ko`rsatdi va hatto 12-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan (116-110, 116-111, 116-110) Isroilni g`olib deb topdi.

Shu tariqa Isroil Madrimov yakuniy eliminator jangidagi g`alabasi orqali WBA Jahon chempionlik kamari uchun majburiy da`vogarga aylandi.

    Boshqa yangiliklar