AsosiyJamiyat

Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi hamkorlikda kurashish uchun O`zbekistonga keldi

'Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi hamkorlikda kurashish uchun O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Avvalroq Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 40 nafarga yaqin mutaxassisdan iborat nufuzli tibbiy guruh tashrifi kutilyotgani haqida SSV xabar bergan edi.

Bugun rossiyalik mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Sog`liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan kutib olindi.

Reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalinganlarni davolash muassasalarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda ish olib boradi. Xususan, rossiyalik mutaxassislar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek qator viloyatlardagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalarda faoliyat ko`rsatishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar