AsosiyJamiyat

Buxoroda va Toshkentda ikki erkak koronavirusdan vafot etdi

'Buxoroda va Toshkentda ikki erkak koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

SSV xabar berishicha, ayni soatlarda Shofirkon tumanida yashagan 51 yoshli G`.J. (erkak) hamda Chilonzor tumanida yashagan 68 yoshli J.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 625 nafar, Toshkent viloyatida 216 nafar, Samarqand viloyatida 31 nafar, Buxoro viloyatida 15 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 12 nafar, Sirdaryo viloyatida 11 nafar, Navoiy viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar hamda Farg`ona viloyatida 3 nafar, jami 930 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 30 973 (+930) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 124 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar