Ayni paytda ijtimiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov karantin cheklovlari yumshatilishi bilanoq qizining tug`ilgan kunini dabdabali tarzda nishonlagani yuzasidan turli fikr-mulohazalar va munosabatlar bildirilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Andijonda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov xonodonida kichik qizining 19 yoshga to`lishi munosabati bilan kattagina tadbir uyushtirilgan. Aytishlaricha tug`ilgan kun tantanasiga taniqli estrada honandasi Munisa Rizaeva tashrif buyurgan. Video:
Video:
Viloyat rahbarining bu dabdabali ziyofati va tantanali tadbirda o`zini tutishi ayrim tarmoq foydalanuvchilari va blogerlarning taniqidiy va e`tirozli fikr-mulohazalarga ham sabab bo`ldi. Quyida internet tarmoqlarda chop etilgan ayrim munosabatlarni keltirib o`tamiz:
Jumlada Fikrat.uz sayti yozmoqda:
Saxiysiz hokim bobo, ammo…
Oxirgi paytlarda “saxiyligi” bilan trendga aylangan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kichik qizining 19 yoshga to`lishi munosabati bilan xonadonida shodiyona uyushtiribdi.
Shohona dasturxon, malikaga atalgan ulkan tort, akaxonning zo`rg`a qaddini tutib turishi ziyofatning dovrug`i-yu, akaxonning navbatdagi “saxiyligi”dan darak beradi. Xizmatga kimsan kechagina kasalxonada yotgan Munisa Rizaevaning taklif qilinganiga ko`ra, akaxon saxiylikda tengi yo`q, chunki Toshkentning o`zida “birrov”ga 1200-1500 dollarga boradigan bu estrada yulduzi viloyatlarga 5000-7000 dollarga borishi hech kimga sir emas.
Bunchalik zaharxandalik nechun, deb o`ylayapsizmi? Ochig`i, alam qilyapti-da. Axir bu nimasi: karantin davrida qancha odamlar qiynalib qoldi, hatto “Uyimda bolalarimni ovqatlantirgani hech narsam qolmadi” deb yozgan ayol ham andijonlik edi-ku?! Ayniqsa, qariyalar, nogironlar, ishsizlar, kunlik ishlovchi shaxslar kammi Andijonda?! Axir ular bu bazmi jamshidni ko`rgach, hokimiyatga ishonchi qoladimi?
Akaxonning shunchalik davlati ko`p bo`lsa yoki o`ta saxiy bo`lsa, o`sha pandemiya davrida qiynalib qolgan, ehtiyojmand oilalarga shu xarajatlarning bir qismini ehson qilsa, bo`lmasdimi? Yoki qizning tug`ilgan kunini bolalar yoki qariyalar uyida, shu to`kin dasturxon atrofida o`tkazsa bo`lmasmidi, degan savol qiynayapti-da odamni?!" deyiladi ushbu munosabatda.
Qisqasi bahor va yozni karantinda, to`rt devor orasida o`tkazgan ayrim yoshlar ko`ngli to`y-tomosha, bazmu jamshid tusab qolgani sir emas. Ammo ularning injiqliklari va talab-istaklarini bajarishga ota-onalarning ham so`zsiz bo`ysunayotgani, ayniqsa barchaga o`rnak bo`ladigan boshqaruv tizimi rahbarlari aholiga boyligini ko`z-ko`z qilishi, bu albatta, e`tirozga sabab bo`ladigan holatdir






