AsosiyJamiyat

DXA barcha to`lov va hisob-kitoblaringizning ochiq va shaffof bo`lishini ta`minlaydi

'DXA barcha to`lov va hisob-kitoblaringizning ochiq va shaffof bo`lishini ta`minlaydi'ning rasmi

Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmat ko`rsatilsa, endi qancha miqdorda to`lov amalga oshirish lozimligi hamda to`langan summa haqida sms-xabar to`g`ri telefoningizga kelib tushadi. Shu tariqa to`lovlar va hisob-kitoblarning ochiq va shaffof bo`lishi ta`minlanadi. Bu haqda DXA axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, SMS-xabarlar 2 tilda: ixtiyoringizga ko`ra o`zbek yoki rus tillarida keladi. Xabarda amalga oshirilishi kerak bo`lgan to`lovning invoys raqami va belgilangan miqdori ko`rsatilgan bo`ladi.

Mazkur qulaylik, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan korrupsiya holatlari oldini oladi va davlat xizmatlari tizimini yanada shaffof bo`lishini ta`minlaydi.

Hozirda mazkur qulaylik aksariyat xizmatlar uchun mavjud. Tez vaqtda sms-xabarnoma funksiyasi FHDYo va tadbirkorlik bilan bog`liq xizmatlar uchun ham joriy etilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar